O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
10 oct 2019
Kelasi yilning yanvar oyida Tailandda U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish maqsadida bo'lgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda. 9 oktyabr kuni erta tongda Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi olimpiyachilarimiz Toshkent – Inchxon yo'nalishi bilan Janubiy Koreyaga etib keldi va Xvason shahridagi “Rumir” mehmonxonasiga joylashdi. Tushdan so'ng esa Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bilan bo'ladigan ilk o'yin o'tkaziluvchi “Hwaseong Sports Complex” arenasi maydonida mashg'ulot o'tkazildi.

10 oktyabr kuni esa ilk o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot hamda o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi.

Takidlash joiz, Janubiy Koreya – O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi ilk uchrashuv 11 oktyabr kuni “Hwaseong Sports Complex” arenasida bo'lib o'tadi. O'yin mahalliy vaqt bilan 20:35da, Toshkent vaqti bilan esa soat 16:35da boshlanadi. Uchrashuv Koreyaning KBS telekanali tomonidan jonli efirda namoyish etiladi.

Quyida mashg'ulot jarayonidan videolavhani va fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:





Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: ufa.uz

Izohlar

UZB-2022
10 oct 2019
ШУ ТЎХТАСИНОВ ДЕГАН БОЛА ЖУДА МЕҲНАТКАШ ЭКАН ЯХШИ МЕҲНАТ ҚИЛИШДА ДАВОМ ЭТСА РОССИЯ ЧЕМПИОНАТИДА ЎЙНАБ КЕТА ОЛАДИ
Janob Musofir
10 oct 2019
Muhlislar qoyilarmikn
Lester muxlisi
10 oct 2019
Uzbekiston chempionn