O'zbekiston olimpiya termasi U-23 Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Qatarga etib bordi

Sherzod Nurmatov
12 apr 2024
Olimpiadaga yo'llanma beruvchi musobaqa 15 apreldan 3 mayga qadar Qatar yashil maydonlarida o'tkaziladi.

O'FA matbuot xizmati terma jamoaning etib kelishidan suratlarni taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi ishtirokini 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Qatar o'zbekistonliklarni kutib olmoqda. Kecha hakamlarimiz etib kelishdi, bugun esa Kapadze jamoasi Dohaga keladi


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

In'omjon Ganiyev
12 apr 2024
Insha Alloh barakali turnir bo‘ladi. Amin
Аих
12 apr 2024
Токи турнир тугагунича хеч кайси футболчимизни танкид килмайлик илтимос биродарлар
Jons
12 apr 2024
Omad, kerak bo'lsa ikki hissa imkoniyatni yoqib, ishtiyoq bilan o'ynanglar, shuncha yillik niyatlayu kutishlaga munosib javob berib, yangi tarix yozinglar yigitlar. Xudo madadkor bo'lsin. Albatta uddalaysizlar Inshaolloh.
Ulug'bekovich #10
12 apr 2024
Админлар якуний таркиб аник булган булса ёзинглар
Аббосхужа
12 apr 2024
Суратдагилардан биттасини кўриб Баҳодир Жалоловми дебман. Йигитларга фақат омад тилаб қоламиз!