O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2020
Olim Shokirov boshchiligidagi O'zbekiston U16 terma jamoasi poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirmoqda.

2004 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoamiz qita chempionatiga hozirlik jarayonidan o'rin olgan mazkur yig'inni 15 iyun kuni yakunlaydi. Quyida kechagi mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin.


O'ngda bosh murabbiy Olim Shokirov shogirdlarining harakatlarini diqqat bilan kuzatmoqda. 


Terma jamoa futbolchilari mashg'ulotlarda astoydila ter to'kayotgani aniq. Ulardan Osiyo chempionatida umidimiz katta.


Ayni vaqtda terma jamoa a'zolarining jismoniy holati muhim ahamiyat kasb etadi.




Yig'inga chaqirilgan darvozabonlar Beknur Parmonov, Asror Kenjaev, Husan Mahmudovlar o'zlarini ko'rsatishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ufa.uz