O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Manchester Siti" klubi xo'jayini bilan uchrashdi

Tolibjon Qosimov
15 jan 2025
Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rasmiy tashrif bilan Abu-Dabi shahrida bo'lib turibdi.

Bugun prezidentimiz Shavkat Miromonovich Angliyaning "Manchester Siti" klubi xo'jayini, BAA vice-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o'zaro savdo va investiciyalar hajmini yanada oshirish masalalariga alohida etibor qaratildi. Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, tog'-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish bo'yicha kooperaciya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Suniy intellekt borasida, shu jumladan soha mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbolli yo'nalish sifatida belgilandi.


Eslatib o'tamiz, Shayx Mansur Ol Nahayonga tegishli "Manchester Siti" klubi hamyurtimiz Abduqodir Husanovni "Lans"dan 40 mln evro + bonuslar evaziga sotib olmoqda. 20 yoshli himoyachimiz juma kuni yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: president.uz

Izohlar

BXZ BXZ
16 jan
Бу давлатларни у́заро хамкорлигига оид учрашувку буни футболга нима алокаси бор . Хамма хабарга Ман Сити ва Хусановни тикиштириш шартмикин . Бу хам сериал бу́либ кетди .
REAL MADRID
15 jan
Манчестер Ситини ўртага тиқмасаларинг бўлмайди-я, ахмоқ админлар! Футболга умуман алоқаси йўқ учрашув бўлганлиги аниқ-ку!
Ochilov Farobiddin
15 jan
Энди буни руслар курмасин))
Xan
15 jan
Иш юзасидаги учрашув бу,футболга хеч кандай алокаси йуги бу учрашувни,калаварам адменлар
Farruh Tojiev
15 jan
Ахмок админларрррррр.