O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvining vaqti o'zgardi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2025
O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 mart kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini o'zgartirish bo'yicha OFKga so'rov yubordi. 

So'rov qanoatlantirilib, o'yin 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga ko'chirildi.

Avvalroq Timur Kapadze qo'l ostidagi O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabida kimlar ishlashi ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати