O'zbekiston terma jamoasi Bishkekdagi mashg'ulotini qanday o'tkazdi? FOTOMAQOLA

Абдулвосит Бектемиров
10 sep 2024
O'zbekiston terma jamoasining Qirg'izistonga qarshi bahs oldidan o'tkazgan rasmiy mashg'uloti Championat.asia obektivida

Ertaga JCH-2026 uchinchi saralash bosqich 2-tur doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Bishkekda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Dastlabki turda terma jamoamiz KXDRni kichik 1:0 hisobida mag'lub etgan edi. Bishkekka kecha etib kelgan terma jamoamiz, bugun mahalliy vaqt bo'yicha soat 18:00da o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotda ishtirok etdi. Mashg'ulotlardan fotomaqolani tomosha qilishingiz mumkin.



Ertangi uchrashuvni qabul qiladigan "Dolon Omurzakov" nomidagi stadioning tribunalaridan Bishkek tog'lariga shunday manzara namoyon bo'ladi.




2023 yil 22 dekabr kuni o'zgartirish kiritilgan Qirg'iz Respublikasining bayrog'i.




Ertaga mana shu darvozalarga katta ehtimol bilan to'p kiritiladi.




"Dolon Omurzakov" stadionining eng yuqori tribunasidan ko'rinish.




Rekonstrukciya qilingan stadioning asosiy tribunasi.




Darvoza ortidagi sektorlar va tablo.




Road to 2026. 




Ko'p bahslarga sabab bo'lgan maydon maysasini muhokama qilayotgan Srechko Katanec va terma jamoa vakillari.




O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar - Eldor Shomurodov xayol surmoqda.




Ertaga 38 millionlik O'zbekiston aholisini xursand qila oladigan, ota-o'g'il Kataneclar.




Fizika qonunlarini sinovdan o'tkazayotgan Aziz Turg'unboev.




Bu futbolchi kim?




Terma jamoani yolg'izlatib qo'ymaydigan Championat.asia ijodiy guruhi.




Tehronda bir-biriga raqib, terma jamoada esa do'st bo'lgan Jaloliddin Masharipov va Oston Urunov.




Rustam Ashurmatov va uning tillarang butsalari.




Xuddi top-modellardek suratga tusha oladigan Abdulla Abdullaev.




Ota-o'g'il Kataneclar 2-qism.




"Al-Feyha" jamoasining yangi azosi Otabek Shukurov.




Farruh Sayfievning kayfiyati alo.




"Fantastik to'rtlik" filmi. Bosh rollarda - Yan Katanec, Srechko Katanec, Davron Ahmedov va Vlado Radmanovich.




"Colgate" tish pastalaring ambassadori bo'lishga munosib nomzod Oston Urunov.




Championat.asia sayti tahririyatining fikriga ko'ra, Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi - Abduvohid Nematov.




KXDRga qarshi o'yin qahramoni O'tkir Yusupov bugungi mashg'ulotlarda.




Tabassum qilayotgan Sherzod Nasrullaev.



"Nasaf"ning "yuragi" Akmal Mozgovoy chigil yozdi mashqlarni bajarmoqda.


Suratlar mualiffi: Jahongir Fayzullaev


Абдулвосит БектемировMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Sharobiddin Qosimov
10 sep 2024
Ajoyib ma'qola Raxmat.
Фарход ФФ
10 sep 2024
Буларкану фотомаколага рахмат
Dilmurod Umarov
10 sep 2024
Maqolani o'qib maza qildim,barakalla
Nasaf_Chelsi
10 sep 2024
Stadion maysasi daxshat bunda faqat futbol òynash kerak xolos
Davronbek Abduvaliev
10 sep 2024
Юз қисмини тўп тўсиб турган футболчи, бу Аббос Файзуллаев.