O'zbekiston terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2019
Kecha, 15 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi mehmonda Singapurni 3:1 hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi.

Bugun Toshkent vaqti bilan 06:10da bortida O'zbekiston MTJ bo'lgan charter reys "Islom Karimov xalqaro aeroporti"ga qo'ndi.


Terma jamoaning bazi vakillari Toshkentga qaytgani yo'q. Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Ikrom Aliboev va Rustam Ashurmatovlar Singapur orqali o'zi to'p tepadigan klub joylashgan shaharga uchib kyetishadi. Chet elda to'p tepadigan yana bir hamyurtimiz Eldor Shomurodov ertaga Rostov shahriga jo'nab ketadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia