O'zbekiston U-15 terma jamoasi xalqaro musobaqada qatnashadi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Miraziz Mirzahmedov boshchiligidagi jamoa 10-18 mart kunlari Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi.

U-15 terma jamoasi yig'inning ikkinchi qismini 18-24 mart kunlari Qirg'iz Respublikasida davom ettiradi hamda xalqaro o'rtoqlik turnirida qatnashadi.

Mazkur turnirda O'zbekiston (U-15), Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston va Qozog'iston U-16 terma jamoalari bilan ro'baro' keladi.

Jamoa turnir doirasidagi uchrashuvlarini 20, 22 va 24 mart kunlari o'tkazadi.

Murabbiylar tomonidan yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати