O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi Tailandga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2014
U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCHda ishtirok etadigan O'zbekiston U-16 terma jamoasi Tailand poytaxti Bankok shahriga yetib keldi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi OCH "S" guruhida ishtirok etadigan barcha terma jamoalar singari Bankokdagi "Emerald" oteliga joylashdi.

Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 OCH o'yinlari 6 sentyabr kuni start oladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi musobaqaning C guruhida Nepal, KXDR va Kuvayt o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p tepadi. Mochinov shogirdlari ilk turda 7 sentyabr kuni Nepal o'smirlariga qarshi o'ynasa, 2-tur o'yinida 9 sentyabr kuni KXDR, 3-tur o'yinida esa 11 sentyabr kuni Kuvaytga qarshi maydonga tushadilar.

Musobaqada ishtirok etuvchi futbolchilarimiz ro'yxati.

U-16 Osiyo Chempionati.
Tailand. 6-20 sentyabr.
S guruhi.
1-tur. 7 sentyabr

O'zbekiston - Nepal (soat 14:00)
Kuvayt - KXDR

2-tur. 9 sentyabr
KXDR - O'zbekiston (soat 18:00)
Nepal - Kuvayt

3-tur. 11 sentyabr
O'zbekiston - Kuvayt (14:00)
KXDR - Nepal

*O'yinlarning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia