O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun 21 avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahriga uchib ketadi. Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi o'zbekistonlik o'smirlar 31 avgust kunigacha Turkiyada yig'in o'tkazishadi. Olimxo'jaev Turkiya yig'iniga jami 22 nafar futbolchini jalb etgan. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi 2014 yili Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi saralash bahslarida ishtirok etadi. Ma'lumot o'rnida, V guruhi o'yinlariga 2013 yilning 25-29 sentyabr kunlari O'zbekiston poytaxti Toshkent mezbonlik qiladi. O'yinlar Toshkentdagi JAR ctadionida bo'lib o'tadi. Xabaringiz bor, U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH-2014 saralash bahslariga avvalroq qur'a tashlangan va unga ko'ra, Temur Olimxo'jaev qo'l ostidagi 1998 va undan keyingi yillarda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi (U-16) Falastin, Yaman hamda Maldiv orollari o'smirlar terma jamoalariga qarshi to'p suradi.
O'zbekiston U-16 terma jamoasining Turkiyadagi yig'inida ishtirok etadigan tarkibi:
Darvozabonlar: Akrom Xo'jaev, To'rabek, Sadriddinov, Azamat Soyibov.
Himoyachilar: Ozodbek Qurbonov, Doston Berdiqulov, Ilxom Alijonov, Sardor Madrahimov, Abubakir Murtazoev, Abdug'ani G'anijonov.
Yarim himoyachilar: Saveliy Abramov, Doniyor Xoshimov, Jasur Asqarov, Islom Kenjaboev, Jahongir Ahmadov, Suhrob Nurillaev, Jonibek Ko'chimov, Oybek Nurmatov.
Hujumchilar: Maruf Jumaev, Aziz G'aniev, Alisher Sheraliev, Sharipov Halimjon, Shoxruh Mahmudxojiev.