O'zbekiston U-17 terma jamoasi xalqaro musobaqada qatnashadi

Sherzod Nurmatov
28 jan 2025
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Rivojlanish Kubogi-2025 turnirida ishtirok etadi.

2025 yilgi Osiyo Kubogi final qismiga tayyorgarlik doirasida O'zbekiston U-17 terma jamoasi Rivojlanish Kubogi-2025 xalqaro turnirida o'ynaydi.

16-21 fevral kunlari Minsk shahrida bo'lib o'tadigan turnirda 8 ta jamoa ishtirok etadi. O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhida mezbon Belarus, Ozarbayjon va Braziliyaning "Blockchain Sports" akademiyasi bilan to'qnash keladi.

Rivojlanish Kubogi-2025 xalqaro turniri

"A" guruhi

Belarus

O'zbekiston

Ozarbayjon

"Blockchain Sports" akademiyasi (Braziliya)


"B" guruhi

Rossiya

Tojikiston

Eron

Qozog'iston


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Championat.asia

Izohlar