

Qiziqarli o'tgan uchrashuvda terma jamoa 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston U-17 2:3 "Bunyodkor" (o'rinbosarlar)
O'zbekiston o'smirlar termasi safida gollarni Aminbek Yoqubov va Amirbek Saidov urgan.




Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogiga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston U-17 termasi yaqin kunlarda Malayziyada yig'in o'tkazadi.
Ma'lumot uchun, Tailand mezbonligidagi Osiyo chempionati 15 iyunda boshlanadi. O'zbekiston o'smirlar termasi musobaqa "D" guruhida Yaponiya, Hindiston va Vetnamga qarshi bahs yuritadi.



