O'zbekiston - Ummon uchrashuvi oldidan qiziqarli faktlar

O'zbekiston terma jamoasi Ummonga qarshi o'yin orqali o'zining Osiyo Kubogi-2019dagi yurishini boshlaydi.




Mazkur bahs oldidan kecha bo'lib o'tgan rasmiy tadbirlar hamda uchrashuv atrofidagi voqea va tafsilotlarni taqdim etdik. quyida yana bir bor mazkur ro'yxatni etiboringizga havola etamiz:

Osiyo Kubogi-2019. Ummonlik jurnalist: "Menimcha, ertaga durang bo'ladi"

Osiyo Kubogi-2019: Grand jamoalar nega xotirjam?

O'zbekiston avvalgi Osiyo Kuboklarini qanday boshlagan?

O'zbekiston - Ummon. Uchrashuv hakami malum

OK-2019. Ummon FF prezidenti futbolchilarga O'zbekiston bilan o'yin uchun mukofot vada qildi

O'zbekiston - Ummon. Kim Dong Jin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?

Ektor Kuper: "Ertaga muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatamiz"

Odil Ahmedov: "Ertaga g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

Jiddiy nigohli Kuper va xotirjam Ahmedov 

Pim Verbek: "Osiyo Kubogi faqat O'zbekiston bilan o'yindan iborat emas, shuni yoddan chiqarmang"

O'zbekiston - Ummon. Pim Verbek ishtirokidagi matbuot anjumanidan FOTOGALEREYA

O'zbekiston - Ummon. Termalar qaysi liboslarida o'ynashadi? FOTO

Umid Ahmadjonov O'zbekiston MTJ azolari bilan uchrashdi

Pim Verbekdan Shahboz Beg'amovga tezkor javob

Burgut nigoh Sardor va "Fantastik to'rtlik". FOTOMAQOLA

OK-2019. Ummon terma jamoasining O'zbekistonga qarshi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Osiyo Kubogi-2019. Ummonga qarshi o'yin oldidan nimalarni bilishimiz kerak? (VIDEO)

Qarshi hujumdan voz kechmaydigan Ummon

Hozir esa O'zbekiston - Ummon uchrashuvi oldidan mazkur jamoalarga tegishlii qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

* O'zbekiston terma jamoasi uchun Osiyo Kubogi-2019 ettinchi qita chempionati bo'ladi.

* Terma jamoamiz qita chempionatidagi dastlabki o'yinlarni odatda muvaffaqiyatli boshlagan - 6 o'yin, 4 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat

* O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi dastlabki gol mualliflariga aylangan futbolchilar: (1996-Igor Shkvirin, 2000-Mirjalol Qosimov, 2004-Mirjalol Qosimov, 2007-avtogol, 2011-Odil Ahmedov, 2015-Igor Sergeev)

Ummon terma jamoasi qita chempionatidagi ilk o'yinlarda hali g'alaba tamini bilmaydigan terma jamoa - 1 durang va 2 mag'lubiya

Ummon terma jamoasi hozirgacha uchta qita chempionatida ishtirok etgan va BAAdagi musobaqa ular uchun to'rtinchisi hisoblanadi.

* Ummon terma jamoasi Osiyo Kubogida hali hech qachon guruh bosqichidan nariga o'tolmagan.

Ummon Osiyo Kuboklari tarixida o'tkazgan 9 uchrashuvda atigi 2 marotaba (Tailand, Kuvayt) g'alaba qozongan - 3 durang va 4 mag'lubiyat

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kuboklari tarixidagi eng yaxshi natijasi - yarim final (Qatar-2011)

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yurishini ikki marotaba guruh bosqichida to'xtatgan - Osiyo Kubogi-1996 va Osiyo Kubogi-2000

* O'zbekiston terma jamoasi hozirgacha musobaqa tarixida jami 24 uchrashuvda maydonga tushgan - 11 g'alaba, 3 durang va 10 mag'lubiyat

* O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kuboklarida o'tkazib yuborgan to'plari urgan gollaridan ko'p - 35-44

* O'zbekiston va Ummon terma jamoalarining o'zaro o'yinlaridagi ustunlik Ummon tarafida - 1 g'alaba, 4 mag'lubiyat.

* Qayd etish kerakki, rasmiy o'yinlarda jamoalar 1tadan g'alabaga erishishgan. O'rtoqlik maqomidagi bahslarda Ummon o'tkazilgan uchala bellashuvda ham g'alaba qozongan.

* Qizig'i, mazkur jamoalar o'rtasidagi birorta o'yinda durang qayd etilmagan.

* Ektor Kuper O'zbekiston bosh murabbiyi sifatida ilk rasmiy o'yinini aynan Ummonga qarshi bahs orqali boshladi.

Mazkur o'yin atrofidagi va uchrashuvdan keyingi barcha tafsilotlar va qaynoq xabarlarn saytimiz orqali kuzatishda davom eting. O'yindan keyingi maqola va dasturlarimizda O'zbekiston - Ummon uchrashuviga bag'ishlangan tahlil ham joy oladi.

Bugungi o'yinda O'zbekiston terma jamoasiga saytimiz o'quvchilari va ijodiy guruhimiz nomidan katta omad tilab qolamiz! Bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi!

Ektor Kuperning rasmiy debyuti terma jamoamiz uchun omadli bo'lsin! Olg'a O'zbekiston!

"CA" ijodiy jamoasi: Narzulla Saydullaev, Xayrulla Xoliqov, Tolibjon Qosimov, G'ayrat Xasbiulin, Jasur Aslanov, Zoir Tursunboev, Shahboz Beg'amov

Sharja, 9 yanvar


Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Zafar Toxirov
9 jan 2019
Assalomu alekum axli vatandoshlar xurmatli futbol ishqibozlari bugungi òyinni sizlar qatori biz xam janubiy Kareyadan turib intiqlik bilan kutyabmiz nasif qilsa bugun jonajon ÒZBEGISTONIMIZDA bayram bòlsin iloxim SHU SA xodimlaridan biz chetta yurgan muxlislardan bir iltimos SELFI qilib tashlamoqchimiz ilojini qilib bersalaring biz Janubiy Kareyadagi bir gurux ishqibozlar shu tariqa vatanimiz nomini ximoya qilayotkan ÒZBEK yigitlariga ruxan dalda bòlmoqchimiz biz muxlislarni iltimosini erda qoldirmesizlar degan umitdamiz .OLĢA ÒZBEGISTON BIZ SENGA BERAMIZ JON .selfi loyixasini ishga tushurasizlar degan unitdamiz
ShoxruzFKNavbaxor
9 jan 2019
Qani yigitlar olg'a biz shu erdamiz faqat g'alaba
turopov
9 jan 2019
Kecha Eldor Mustafoev yaxshi gapirdi. Har doyimkidan hozir eng kuchli tarkibimiz deydida ko'rganmiz keyin nima bo'lishini.
Chimni upgan afsona
9 jan 2019
Faqat galaba! Xech nima boxona bula olmaydi! Muxlislar kechirmaydi!
fffootbaall
9 jan 2019
Худо холаса Узбекистан галаба козониб бу кора кузларни хушнуд килади, #олгаУзбекистон