O'zbekiston va Ozarbayjon chempionlari Antaliyada o'zaro o'ynashadi

Alisher Ostonov
3 yanv 2026
“Neftchi” Antaliyadagi mavsumoldi yig'ini doirasida “Qorabog'” bilan o'ynaydi.

Bahs 12 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida soat 16:00da boshlanadi. Farg'ona klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bahs vaqti o'zgarishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Qorabog'" ham "Neftchi" kabi o'tgan mavsum ichki chempionatda g'olib chiqdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати