O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan Saudiya Arabistonida 2 yo'qotish

Mirjalol Normatov
12 iyun 2021
Ayni damda Singapur hamda Saudiya Arabistoni termalari ishtirokidagi uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvning 44-daqiqasida Salim al-Davsari hamda 61-daqiqada Abdulloh al-Malki ogohlantirish ishlab oldi. Bu ular uchun saralash bosqichidagi ikkinchi sariq kartochka bo'ldi. Shu orqali ushbu futbolchilar O'zbekistonga qarshi o'yinda ishtirok eta olishmaydi.

Al-Davsari birinchi davrada O'zbekistonga qarshi o'yinda ogohlantirilgan bo'lsa, al-Malki Falastinga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida sariq kartochka olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia