O'zbekistonlik himoyachi "Xo'jand" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2019
27 yoshli o'zbekistonlik himoyachi Asiljon Begimqulov Tojikistonning Xo'jand klubi bilan shartnoma tuzdi.

Asiljon Begimqulov So'g'diyona klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyatining katta qismini So'g'diyona safida o'tkazgan, bundan tashqari Nurafshon va Mashal jamoalarida o'ynagan.
 
- Birinchi navbatda Xo'jand klubi muxlislariga va tojikistonlik futbol ishqibozlariga alangali salom yo'llamoqchiman. Jamoada meni ajoyib kutib olishdi, Tojikiston va O'zbekiston ko'p jihatdan o'xshash davlatlar. Xo'jand mening birinchi xorijiy klubim, rahbariyatning ishonchini oqlashga urinaman. Xo'jand oldiga katta maqsadlar qo'yilgan, hozirda birinchi vazifamiz OFK kubogi guruh bosqichiga chiqish. Xo'jand safida ko'plab sovrinlar yutishni istayman," - deydi futbolchi klub rasmiy saytiga. 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia