O'zbekistonlik uch hakam klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga chaqirildi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2025
Joriy yil 14 iyundan 13 iyulgacha AQSHda klublar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi.

Ushbu musobaqa ilk marotaba yangi formatda o'tkaziladi va unda 32 ta jamoa ishtirok etadi.

FIFA klublar o'rtasidagi mundialda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro'yxatda uch o'zbekistonlik referi ismi mavjud. Ilgiz Tantashev bosh hakam, Timur Gaynullin va Andrey Capenko esa referi assisenti sifatida qayd qilingan.

Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida o'zbekistonlik futbolchi ham qatnashadi. Abduqodir Husanov mundialda "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: FIFA.com

Izohlar

Maruf Maruf
14 apr
Бунақа кетишда Хусанов бу чемпионатни трнбунадан туриб кузатади...
$
14 apr
Яхши хабар бупти
Mardon Eshmonov
14 apr
Хакамларимиз ва Абдукодир Хусановни Фолиятларига Омад ёр булсин Дуодамиз. Узбекистон Шани Шухрати учун Олга.????✨????????????⚽????