O'zbekistonlik murabbiy Maldiv orollari terma jamoasini boshqarganini bilasizmi?

Оқил Абдубарноев
11 jun 2022
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Maldiv orollariga qarshi maydonga tushadi.

Bo'lajak raqibimizni ayni damda italiyalik Franchesko Moriero boshqaradi. Ushbu murabbiy o'z davrida "Roma", "Inter" va "Napoli" jamoalaridagi futbolchilik faoliyati bilan tanilgan. 2021 yildan boshlab Maldiv orollari bosh murabbiyi sanaladi.

Eng qizig'i, Maldiv orollari terma jamoasiga 1999-2001 yillar davomida o'zbekistonlik mutaxassis Vyacheslar Soloxo ustozlik qilgan. Ushbu murabbiy qo'l ostida jamoa 1999 yil Hindistonda o'tkazilgan Janubiy Osiyo futbol federaciyasi Oltin kubogida bronza medali sohibiga aylangan.

Vyacheslar Soloxo esa futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", CSKA (Rossiya), "Shaxtyor", "Qayrat" (ikkalasi ham - Qozog'iston) kabi jamoalarda to'p tepgan. Murabbiy sifatida O'zbekiston ayollar terma jamoalarida, shuningdek, "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublarida turli lavozimlarda ishlagan.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Ш е р
11 jun 2022
Жанубий осиё футбол федерацияси олтин кубогида бронза медалини оган буса кучли терма жамоа экан, футболчиларимиз эхтиёт булорсина унака буса
Ziko N10
11 jun 2022
Bolalarni qo'llab-quvvatlab turaylik,nima ahvol bu,hamma qarshimi jamoamizga? Gol urib nishonlashi,xursand bo'lishi boshqa mavzu, Fransiya,Ispaniya,Angliya ham Gibraltar,Lexteynshteyn,Andorra,Lyuksenburg larni 3:0, 4:0 yutganda xursand bo'lishganku
Abdulbori
11 jun 2022
Ajoyib
Abdulbori
11 jun 2022
Ajoyib
mundialgacha...
11 jun 2022
Futbolimizni ko'rib diling og'riydi, kommentlarni o'qib ko'ngling ozadi... nahotki, futbol ham jamiyatning yuzi, oynasi ekanligini tushunish shunchalar qiyin. sohalarda kamchiliklar yetarlimi, demak, futbolda ham aks etadi, ha sodda vatandoshlarim...