O'zbekistonning ikki grandi MTJ a'zosiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
15 dek 2025
"Baniyas" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy O'zbekistonga qaytishi mumkin.

Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Bekzod Tolibov xabar berdi. 

"Paxtakor"mi? "Nasaf"mi? Akmal Mozgovoyni O'zbekiston Superligasiga qaytarish uchun shu ikki klub hammadan ham ko'proq kurashmoqda", – deyiladi xabarda. 

Mozgovoy joriy mavsum BAA jamoasi tarkibida 8 ta o'yin o'tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali 26 yoshli xavbekni 1 mln 300 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/bekzod_tolibov