O'zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi iyun oyida 2 ta xalqaro musobaqada qatnashadi

Narzulla Saydullayev
6 jun 2023
Hindiston terma jamoasi iyun oyida ikkita xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Igor Shtimac boshchiligidagi hindlar 9-18 iyun kunlari 4 ta terma jamoa ishtirok etadigan "Intercontinental Cup" musobaqasida qatnashishadi. Hindiston, Livan, Vanuatu va Mo'g'uliston kabi jamoalar qatnashadigan ushbu turnirga Hindistonning Bubanesvar shahri mezbonlik qiladi.

Har bir jamoa uchtadan o'yin o'tkazadi va guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar finalda to'qnash kelishadi.

Mezbonlarning taqvimi
9 iyun: Hindiston - Mo'g'uliston
12 iyun: Hindiston - Vanuatu
15 iyun: Hindiston - Livan




21 iyundan Hindistonning Bengaluru shahrida "SAFF Championship" (Janubiy Osiyo futbol Federaciyasi) musobaqasi start oladi. Unda jami 8ta davlat terma jamoasi ishtirok etadi.

Hindiston "A" guruhida Kuvayt, Nepal va Pokiston bilan kuch sinashadi. Ikkinchi guruhdan Livan, Maldiv orollari, Butan va Bangladesh joy olgan.

Mezbonlarning taqvimi:
21 iyun - Hindiston - Pokiston
24 iyun - Hindiston - Nepal
27 iyun - Hindiston - Kuvayt

Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar yarim finalga chiqadi. Yarim final 1 iyul, final esa 4 iyul kuniga belgilangan.

Malumot uchun, "SAFF Championship" musobaqasi bunga qadar 13 marta o'tkazilgan va 8 marta Hindiston chempionlikka erishgan. 2 marta Maldiv orollari, 1 martadan Bangladesh, Afg'oniston va Shri Lanka g'olib bo'lgan. Lekin oldingi musobaqalarda Kuvayt va Livan terma jamoalari ishtirok etishmaganini ham takidlash lozim.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Зойир Хасагов
6 jun 2023
Яхши ўйинлар кутаяпди!
Bag'dod
6 jun 2023
Gigantlar to‘qnashuvi bo‘larkan
Jamil Umar
6 jun 2023
Hindlani CAFA cup turniri boʻsa kerak bu musobaqa