O'zFHM: "Paxtakor" - "Navbahor" bosh hakami o'yin oxirida xato qilgan, "So'g'diyona" - "Nasaf" uchrashuvida qizil kartochka to'g'ri berilgan, "Olimpik" - OKMK o'yinida penalti to'g'ri belgilangan

Narzulla Saydullayev
18 jun 2024
Joriy yilning 17 iyun sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 11-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko'ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan yana 3 ta bahsli vaziyat tahlil qilindi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.

1-vaziyat. "Paxtakor" - "Navbahor" qarama-qarshiligi: darvozabonga nisbatan qo'pollik.


"Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvining 90+8-daqiqasida mehmonlar raqiblari jarima maydonida xavfli hujum tashkil qildi. Ammo bu holatda namanganliklarning 13-raqamli futbolchisi mezbonlar posboni to'pni ushlamoqchi bo'lgan paytda unga butsasi bilan zarba berdi. Bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov mehmonlar azosiga hech qanday kartochka ko'rsatmagan holda jarima zarbasi belgiladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda "Navbahor" futbolchisi raqib darvozaboni hududida posbonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Bunday holatda himoyachiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. Shu sababdan, Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori noto'g'ri ekanini malum qiladi.




2-vaziyat. "So'g'diyona" - "Nasaf" o'yini: qizil kartochka.


"So'g'diyona" - "Nasaf" bahsining 50-daqiqasida mezbonlarning 4-raqamli azosi O. Ahadov raqib hujumchisini birga-bir vaziyatga chiqib borayotganda ochiqchasiga ortdan to'xtatib qoldi. Bosh hakam Asker Najafaliev dastlab futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgandan so'ng jizzaxliklar vakilini maydondan chetlatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu holatda futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan raqibini so'nggi umid foli orqali to'xtatdi va qarshiliklarning istiqbolli hujumini yo'qqa chiqardi. Bu kabi hollarda fol qayd etgan futbolchiga qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Hakamning qizil kartochka bo'yicha chiqargan qarori to'g'ri, deb topildi.





3-vaziyat. "Olimpik" - OKMK to'qnashuvi: bahsli penalti.


"Olimpik" - OKMK uchrashuvining 78-daqiqasida mehmonlarning 18-raqamli futbolchisi raqibi darvozasi tomon hujum amalga oshirdi. U mezbonlar himoyachisini aldab o'tayotgan chog'da to'p "Olimpik" vakilining qo'liga tegdi. Bosh hakam Olim To'ychiboev nuqtaga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p futbolchining notabiiy tarzda turgan qo'liga tegib, yo'nalishini o'zgartirgan. Penalti belgilash uchum asos etarli va shu sabab, komissiya tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.





Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: ЎзФҲМ матбуот хизмати

Izohlar

SO'G'DIYONA Jizzax
18 jun 2024
Агар Сугдиенага кизил тугри берилган буса эксперт далбандан бошка хеч нарса. Сунгги умид фоли эмасди чап томондеги химоячи етиб келиш эхтимолиям бор эди.
Davronbek Abduvaliev
18 jun 2024
Бизни СУПЕРЛИГА учрашувларида хакамлар ўзи ҳал қиладиган вазиятларни VAR га мурожаат қилиб, хакамлар ўйин жозибасига путур еткизмоқда.
Davronbek Abduvaliev
18 jun 2024
Бизни СУПЕРЛИГА учрашувларида хакамлар ўзи ҳал қиладиган вазиятларни VAR га мурожаат қилиб, ўйин жозибасига путур еткизмоқда.
Олег Шацких 11
18 jun 2024
Пахтакор Навбахор уйининг 98 чи дакикасида мехмонлар хужуми пайтида пеналтими деб уйлабман)))))
Mirzohid77777
18 jun 2024
Pashadan Fil yasaydigan saytsizlar Navbaxorni yomonlab reytingni koʻtarvolasizlar