O'zPFL delegaciyasi "FarDU" klubida licenziyalash talablari bajarilishi yuzasidan o'rganish olib bordi

Sherzod Nurmatov
29 nov 2024
Bugun Farg'ona davlat universitetiga O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif jarayonida Farg'ona davlat universiteti qoshida tashkil etilgan "FarDU" futbol klubining kelgusidagi faoliyati, oldindagi reja va maqsadlar, hamda klubda licenziyalash talablari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o'rganib chiqildi.

Delegaciya vakillari va klub rahbariyati o'rtasida dastlab universitet anjumanlar zalida uchrashuv tashkil etildi. Shundan so'ng "FarDU" sport majmuasida licenziyalash talablari yuzasidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari tanishtirildi.

Takidlash joiz, mazkur tashrif davomida O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaevga "FarDU" futbol klubining 25-raqamli ramziy futbolkasi ham taqdim etildi.

Bekzod Tolibov, Farg'ona shahridan Championat.asia uchun


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Мирзохон
29 nov 2024
Бек, Диёрни как будто вазирми, бош вазирмидек кутиб олибсизларми)))
Davronbek Abduvaliev
29 nov 2024
Қойиилее...
Davronbek Abduvaliev
29 nov 2024
Қойиилее...
Dilshodbek9099
30 nov 2024
Essis. Shu kunga xam yetib keldik. Sal qolsa odamga sig'inadigan darajada...