O'zPFL namanganlik futbol muxlislariga murojaat qildi

Alisher
9 mar 2025
O'zbekiston Professional futbol ligasi namanganlik futbol ishqibozlariga murojaat bilan chiqdi.

"Bugun - 9 mart kuni "Navbahor" Superliganing ilk turi doirasida "Dinamo" klubini qabul qiladi. Biroq uchrashuvni o'tkazish masalasida klub qator kamchiliklarga yo'l qo'ygan. 

Klub mutasaddilari qatorasiga ikkinchi mavsum U21 jamoasi to'p tepadigan maydon bo'yicha Liga talabini paysalga solib keldi. Oqibatda Liga "Navbahor" U21 - "Dinamo" U21 o'yinida mezbonlarga texnik mag'lubiyat elon qilishga majbur bo'ldi. Liganing stadionlar uchun javobgar mutaxassislari Namanganga tashrif buyurganida, klub rasmiylari o'z vazifasiga bepisandlik bilan qaradi hamda ular uchun kerakli malumotlarni chala holda taqdim etdi. Hattoki maydon perimetri bo'ylab joylashtirilgan elektron reklama shitlarini yoqishning iloji bo'lmadi. 

Shuningdek, faqatgina "Navbahor" reglamentning 10.18-bandi bo'yicha talabni bajarmadi. Shundan kelib chiqib, bugun "Navbahor" klubi 2002 yil va undan katta yoshli futbolchilar xizmatidan foydalana olmasligi kerak. Ammo afsuski, klub yosh futbolchilarini hozirga qadar Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazmagan va bu bilan "Superliga va Proliga reglamenti"ning 12.10-bandi talablarini buzgan. Liga uchun esa futbolchilar salomatligi birinchi o'rinda turadi. 

Liga rahbariyati o'tgan yil yakunida viloyat rahbariyati bilan uchrashuvda yuqoridagi mavjud muammolarni ochiqlagan edi. Uchrashuv davomida tomonlar viloyat futbol akademiyasi hamda futbol maktabiga tashrif buyurib, u erda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan. Qayd etish kerak, bolalar futboliga berilayotgan etibor masalasida Namangan respublikaning eng oldi viloyatlaridan hisoblanadi. Poydevor va umuman infratuzilma masalasi viloyat hokimligi nazoratida bo'lib turibdi. 

Biroq "Navbahor" futbol klubi haqida gap ketganda, klubda ayrim ishlar joyida emasligini qayd etamiz. Unda mehnat qilayotgan ikki-uch xodimni aytmasa, qolgan personal nima bilan mashg'ul ekani borasida Ligada qator savollar mavjud. Vaholanki, viloyatda o'z ishiga professional tarzda yondashishi mumkin bo'lgan kadrlar talaygina. Reglament haqida tasavvurga ega bo'lmagan, o'z ishini to'g'ri yo'lga qo'ya olmaydigan kadrlar esa Liga va "Navbahor" muxlislari o'rtasida qator tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi. Liganing reglament asosida qo'yadigan talabi klub tomonidan viloyat hokimi va jamoa muxlislariga butkul boshqa ko'rinishda tadbiq etilishi oqibatida nafaqat holat o'nglanmaydi, balki asossiz ziddiyatlar yuzaga keladi. 

Mavsumning ochilish uchrashuvi ekanligidan kelib chiqib, Liga ijobiy tibbiy xulosasi mavjud bo'lmagan futbolchilarning faqatgina 1-tur doirasida maydonga tushishini taminlashga tayyor. Biroq 2-turga qadar barcha masala hal etilmasa, Liga klubga nisbatan reglamentda ko'rsatilgani bo'yicha sankciya qo'llashi yuzasidan rasman ogohlantiramiz. 

Izoh. Liga yuqoridagi masalalar yuzasidan klub rahbariyatini bir necha oylardan buyon ogohlantirib keladi. Buning foydasi bo'lmagach, futbol ishqibozlarining hurmati yuzasidan Liga to'g'ridan-to'g'ri ularga murojaat qilishga qaror qildi. Futbol aynan ular uchun o'ynaladi va ular bir qator shaxslarning masuliyatsizligidan aziyat chekishi Ligaga ham og'ir botadi", - deyiladi O'zPFL murojaatida.


AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: ЎзПФЛ

Izohlar

Baxtiyorzoda
9 mar
Shaxsan men pfl futbolchilar sogligi va shunga oxshash balandparvoz gaplariga ishonmayman. Shunchalik futbolchilarni oylaganda Aral yoki Xorazmdagi suniy maydonlarda oynashga ruxsat bermagan bolardi. Haqiqat shuki hamma futbolchilar faqat bir klinikada tekshiruvdan otishlari shart. Uning narxi esa otni kallasidek. Boshqa klinikaning hulosasi otmaydi. Shu yerda ham monopoliya. Bechara Navbaxorda pul yoq. Ozi qarzga botib yotibdi. Nasiyaga bolsa bu qurgur balnitsa ishlamaydi. O'lib ketsang o'lib ket lekin pul bermasang tekshirmayman deb turib olgan
Behzod Umedov
9 mar
Bu bazi muxlislari odam bumasakanda baribir... Nima qisayam klubi farishta oppoq pfl qop qora qancha yordam qisayam. Klubing professional bo'lsin erkak bo'lib klubinga borib gapir qancha kamchiliklar chiqdi shu yilni o'zida. Erkak bo'linglar e yiglamay buncha
Uzbek uzb
9 mar
Kuna poq kunet turmuq go’sh go’t nashshavat. - ko’tingizni arting turmuqingizga po’q tegmasin
ÒZBEKISTON 77777
9 mar
Шармандалар
Ilhom Rahmatullayev
9 mar
Nima deyman Liga raxbariyati ham qonunlarimizga őxshab juda moslashuvchan. Qatiy qarorlar qabul qilinmas ekan bunaqa holatlar doimiy takrorlanaveradi