Palmer APLning so'nggi 12ta o'yinida gol+pas tizimida 12 ochko to'pladi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2023
Koul Palmer "Luton"ga qarshi APL bahsida (3:2) 2ta gol urib, golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

"Chelsi" xavbeki APLning so'nggi 12ta o'yinida 8ta gol urdi va 4ta assist amalga oshirdi.

21 yoshli futbolchi - klubda "gol+pas" tizimida eng yaxshi va ligada 8-o'rinni egallab turibdi.

"Chelsi" joriy yilning sentyabr oyida angliyalikni "Manchester Siti"dan 40+5 mln. funt evaziga sotib olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka