Panama terma jamoasi futbolchisini ko'chada otib kyetishdi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2023
Panama terma jamoasi futbolchisi ko'chada sodir bo'lgan otishma oqibatida halok bo'ldi.

Voqea yakshanba kuni Panamaning Kolon shahrida, mahalliy vaqt bilan 15:00larda sodir bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, qurollangan ikki erkak harakatlanayotgan taksidan ogohlantirishsiz o'q uza boshlashgan.

Otishma oqibatida Panama terma jamoasi futbolchisi, mahalliy "Independente"da to'p tepadigan Xilberto Ernandes halok bo'lgan. U jarohatlar tufayli kasalxonada jon bergan, yana 7 kishi turli darajadagi tana jarohatlarini olishgan.

Taksi haydovchisi hibsga olinganligi aytilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Critica