Paulo Dibala: "Muxlislar Iguainni Argentina terma jamoasida ko'rishmoqchi"
Tolibjon Qosimov
10 noya 2017
Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala uning "Yuventus"dagi jamoadoshi Gonsalo Iguain Argentina terma jamoasidan chaqiruv olishga haqli deb hisoblaydi.
"Muxlislar Iguainni terma jamoada ko'rishni xohlashmoqda, u ajoyib o'yinchi. Gonsalo muvaffaqiyat uchun doim borini beradi. U milliy terma jamoada bo'lishni orzu qiladi. U nimanidir isbotlashi shart emas", - dedi Dibala.