Paulu Fonseka: "Men uchun u eng zo'ri"

Omonjon To`xtamirzayev
3 noya 2024
"Milan" ustozi Paulu Fonseka "Monca"ga qarshi o'yindan keyin taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Rossoneri" A Seriya 11-turi doirasidagi bellashuvda 1:0 hisobida zafar quchishdi. 

"Men har bir yangi o'yinni o'zgacha ishtiyoq bilan kutaman. "Real" bilan bellashuv alohida ahamiyat kasb etadi va boshqalaridan muhimroq deb o'ylamayman. Har bir uchrashuv muhim.

Bugun biz g'alaba qozonishimiz zarur edi, bu erda o'ynash doimo og'ir. Bazi vaziyatlarda bizga agressiya yetishmadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Qanotda qiyinchiliklarga duch keldik. Biroq barcha qiyinchiliklarga qaramay, biz xarakterimizni namoyish etdik va vaziyatlar yarata oldik. 

Moratada vaziyat bo'lmadi deyish noto'g'ri. Men uchun u o'yining eng yaxshi futbolchisi. U bugun maydondagi eng foydali futbolchi edi, uning jamoa manfaati yo'lida qilayotgan ishi etirofga loyiq", – dedi Fonseka. 

Eslatib o'tamiz, 5 noyabr kuni milanliklar "Real" bilan YCHLda kuch sinashadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Жанлука Ди Марцио сайти