"Paxtakor" chempionat doirasida 10 ta o'yindan beri "Qizilqum"ni mag'lub etmoqda, navoyiliklar so'nggi bor 6 yil avval ochko qo'lga kiritgan

Оқил Абдубарноев
10 apr 2023
Bugun Coca Cola Superligasi doirasida "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Poytaxtliklar o'zaro so'nggi 10 ta o'yindan beri Navoiy jamoasini mag'lubiyatga uchratmoqda. Navoiyliklar oxirgi marta 2017 yilgi mavsumda o'z maydonida o'tgan bellashuvda bir ochko qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan, ushbu bahs 1:1 hisobida yakunlangan. Valentin Kovalenko boshqarib borgan uchrashuvning 13-daqiqasida Sherzod Karimovning pasidan so'ng Suhrob Nurullaev hisobni ochgan. 49-daqiqada esa Artur Gevorkyanning uzatmasidan so'ng Otabek Zokirov hisobni tenglashtirgan. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Artyom Makosin to'pni ushlashda xatolikka yo'l qo'yib, "Paxtakor" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatadi. Hakam tomonidan belgilangan 11 metrli jarima zarbasini esa Tiago Bezerra aniq amalga oshira olmaydi, u tepgan to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. O'yin davomida mehmonlar ko'plab xafvli vaziyatni yaratadi, ammo goh darvozabon, goh darvoza ustuni va to'sini mezbonlarni qutqarib qolgan. Shu tariqa, uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. 

Oliy Liga, 16-tur.
6 avgust (yakshanba)
19:00 - Qizilqum (Navoiy) – Paxtakor (Toshkent) 1:1
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Qosyiov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Gollar: Suhrob Nurullaev 13, - 0:1. Otabek Zokirov 49, - 1:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Tiago Bezerra 64 (ustun)

"Qizilqum": Artyom Makosin, G'ayrat Jumaev, Shukurali Po'latov, Fayzulla Qambarov, Sherali Jo'raev (Nodirxon Kamolov, 82), Erkin Boydullaev (s), Artur Gevorkyan, Ilhom Yunusov, Samandar Shodmonov (Akrom Bahriddinov, 87), Otabek Zokirov, Maksim Yurku (Bekzod G'anijonov, 58)
Zaxira: Erkin Jabborov, Viktor Grigorev, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Sherzod Azamov, Marko Simich (s), Davron Hoshimov, Azimjon Ahmedov, Gidi Kanyuk (Jamshid Iskanderov, 84), Tiago Bezerra, Sherzod Karimov (Zabihillo O'rinboev, 87), Suhrob Nurullaev (Doston Ibrohimov, 78), Igor Sergeev
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akbar Ismatullaev, Kamoliddin Tojiev, Jamshid Yusupov


Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi bo'lajak uchrashuv soat 18:05 da start oladi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

Шохаббос Хазраткулов
11 apr 2023
Бугун Насаф футболчиси Дониёр Нарзуллаевнинг тугилган куни(11.04.1995). Админлар шу футболчи хакида маълумот беринглар илтимос. Нимага йуколиб колди? Олимпия терма жамоамизда хам зур уйнаганди. Хозир каерда?
Baxriddin Murodov
10 apr 2023
Ану нестеров йиттиқ очиб берган ўйиндан кейин пахтани сохта чемпионлиги борчасини халқ кўриб келмоқдаку
Striker
10 apr 2023
Гох 1:0 ютган, гохида 0:11 хисобида ютган Пахтакор, факт шуки хар қачон Қизилқумдан анча кучли бўлган пойтахт жамоаси.
Азим Исмаилов
10 apr 2023
Утган йили 0-6 булганмиди