Tehronga Dubay orqali yetib boradigan jamoamiz safida Kaxi Maxaradze va Jamshid Iskanderov maydonga tusha olishmaydi. Ular jarohat sababli "Naft" bilan muhim bellashuvni o'tkazib yuborishadi. Tehrondagi o'yinda "Paxtakor"ga g'alaba zarur. Ayni paytda "Naft" 7 ochko to'plab, guruhda yetakchilik qilmoqda. Jamoamiz esa 5 ochko to'plab, 2-o'rindagi "Al Ayn"dan bir ochkoga ortda qolmoqda. G'alaba qozonsak, 6-tur oldidan barchasi o'zimizga bog'liq bo'ladi. Durang natija qayd etilgan taqdirda so'nggi turdagi natijalar guruhdagi vaziyatga oydinlik kiritadi.
"Naft" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv 22 aprel, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30da "Ozodi" stadionida boshlanadi.
“NAFT” - “PAXTAKOR”
Hakamlar: Kim Sang Vu, Yang Byung Eun, Park Sang Jun (J.Koreya), Masud Tufaylieh (Suriya).
Hakamlar eksperti: Ahmad Yoqub Muhammad Juma (BAA).
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston).