"Paxtakor" Chempionlar Ligasida 115-o'yinini o'tkazadi

Khoja
18 sep 2023
"Paxtakor" hozirga qadar Osiyo Chempionlar ligasida 114 bellashuv o'tkazib, 50 g'alaba, 23 durang va 41 mag'lubiyat qayd etgan.

Raqib darvozasiga 159 to'p kiritib, darvozasidan 152 gol qo'yib yuborgan va 173 ochko to'plagan. Ilk o'yin bundan deyarli 21 yil avval Toshkentda Iordaniyaning "Al Vihdat" jamoasiga qarshi o'tkazilib, unda jamoamiz 3:0 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, chempionlar musobaqasi sanalgan Osiyo Chempionlari Kubogida ikki o'yin o'tkazilgan.

Osiyo klublar musobaqalarida esa jamoamiz jami 130 bellashuvda maydonga tushib, 57 g'alaba, 25 durang hamda 48 mag'lubiyatga ega. Raqiblar darvozasi 202 marta ishg'ol qilinib, 186 gol o'tkazilgan.

Chempionlar Ligasida umumiy ishtirok borasida "Paxtakor" Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi bilan birgalikda rekordchi sanaladi. Ikkala jamoa 17 martadan turnirda ishtirok etgan. Guruh o'yinlari va pley-off bosqichi natijalarini hisoblaganda "Paxtakor" OCHLning umumiy jadvalida 6-pog'onani egallab turibdi.


KhojaMaqola muallifi
Muqova:

Izohlar

Yevropada Ish Daxteam
18 sep 2023
Paxtakorning oxirgi 20 yildagi statistikasining hammasi halol emas, balki jirkanch korrupsiyaning mahsuli
Akrom Tuychiyev
18 sep 2023
Hilol bilan Paxtakorning natijalari orasida esa yer bilan osmoncha farq bor lekin
Soccerland777
18 sep 2023
Пахтакор 17 марта очл иштирок этгани 2002-2007 йилларда сунъий равишда мтжга айлантирилиб, чемпионатда монополия ўрнатилгани учун. Шунинг учун 17 марта иштирок этгани уни Халқаро майдонда кучли эканини билдирмайди.
Chelsea Pakhtakor
18 sep 2023
Afsuski ayrimlaga bu malumotla ogir botadi. Essiz bekor chiqardila. 25-30 yilgi narsalani oʻylab uxlomi chiqishadi. Kak budto undan keyim boshqala qoyillatib chempianatimizda chempion bolishadigande
Chelsea Pakhtakor
18 sep 2023
Al Xilol bn solishitirilgan xop uni natijasi zor birxil qatnashgan boʻsegam. Bitta sovol Atletik Bilbao la ligadan umuman tushib ketmagan yani Real bn Barsa bilan birxil qatnashgan. Nimega natijasi ulardakamas??! Xamma narsa moliyaviy xolatga bogliq janob aqllila
Ko'k bo'rilar
18 sep 2023
Кусками Пахтакор барибир Пахтакорда.