"Paxtakor" ijaradagi ikki futbolchisini ortga qaytaradi

Sherzod Nurmatov
22 dek 2025
"Paxtakor" himoyachilari Shahzod Azmiddinov va Mahmud Mahamadjonov 2026 yilni "Paxtakor" tarkibida boshlaydi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, "sherlar" "Andijon"da ijarada o'ynayotgan Shahzod Azmiddinov va vaqtincha "Dinamo"da harakat qilgan Mahmud Mahamadjonovni ortga qaytaradi.

25 yoshli markaziy himoyachi Azmiddinov andijonliklar tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. 22 yoshli chap qanot himoyachisi Mahamadjonov esa samarqandliklar libosida 14 o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia