"Paxtakor": Olma-Otadagi turnirda bir g'alaba va bir durang

Narzulla Saydullayev
27 mar 2017
Dmitriy An shogirdlari Olma-Otadagi musobaqada hozircha mag'lubiyatsiz odimlashmoqda.

1-turda Qirg'izistonning "Dordoy" jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan 2003 yil tarbiyalanuvchilari kecha Qozog'istonning "Velvet" jamoasi ustidan 7:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarni Arslon Bahromov (2), Diyor Ortiqboev (2), Danat Miftaxuddinov, Shahriyor Jabborov va Shahzod Rahmatullaev urishdi. Bugun yosh futbolchilarimiz Toshkent vaqti bilan 13:30da "Qayrat"ga qarshi bahsni boshlashadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz