"Paxtakor" Portugaliya yuqori ligasida o'ynagan braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

I.J.I
15 jan 2025
Poytaxtning "Paxtakor" klubi yangi darvozabon bilan shartnoma tuzdi.

"Paxtakor" klubi braziliyalik darvozabon Jonatan Luis bilan shartnoma imzoladi.

U Portugaliyaning yuqori ligasida 125 ta o'yinda maydonga tushgan. So'nggi jamoasi "Riu Ave". Avvalgi mavsumda klubining asosiy posboni bo'lgan. 2023/24 yilgi mavsumda jami 29 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. Joriy mavsumda asosiy tarkibdagi so'nggi o'yinini 4 oktyabr kuni "Famalikao" (1:1) jamoasiga qarshi o'tkazgan. 9 avgust kuni start olgan Portugaliya chempionatida "Sporting"ga qarshi o'yin bilan mavsumni boshlagan.

Bo'yi 190 sm bo'lgan darvozabon 1991 yilda Braziliyaning San-Migel-du-Uesti shahrida tavallud topgan. Faoliyatini asosiy qismini Portugaliyaning ikki ligasida o'tkazgan. 

"Bugungi kunda "Paxtakor"da ikki nafar yosh darvozabon bor. Jonatan Luis kabi statistikaga ega posbonlarni har doim ham chempionatimizda ko'ravermaymiz. Bejizga darvozabon yarim jamoa deyilmaydi. U jamoamizda sog'lom raqobat yarata oladi deb o'ylayman. Bu Nazarov va Shevchenko uchun ham katta maktab bo'lishi kerak. Chunki "Paxtakor"ning kelajagi aynan shu ikki posbonda deb bilaman. Oldimizda tarkibni kuchaytirish bo'yicha yana bir ikki futbolchilar turibdi. O'tkazgan ikki o'yinimizdan kelib chiqsam Pedro Moreyraning munosabati menga yoqdi, u yoshlar bilan tajribali futbolchilarni bir tarkibda jam qila olyapti", - deydi klub raisining o'rinbosari Dilshod Karimov.


I.J.IMaqola muallifi
Qopqoq: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати.

Izohlar

Sardor Ali
15 jan
Paxtakordan juda kotta yurish buvoti omad 1 yaxshi xujimchi bulsa yana jek pot buyoge
FANAT FC NASAF_REAL.M
15 jan
Nima pahtakorham qizil rangga utvoldimi?
BXZ BXZ
15 jan
Пахтакорга омад бунданда яхши футболчиларни сотиб олсин ва у́з акадеймиясидан талантларни чикарсин . Олга Пахтакор .
Doston Haitbayevich
15 jan
Felipe Pires bilan Jovino Flamarionlar ham yaqinda qo'shiladi tarkibga. Yana Casa Pia markaziy himoyachisi Nico Zolotich bilan ham muzokara ancha yaxshi kechmoqda