Saudiya Arabistoni klublariga qarshi Osiyo klublar musobaqalarida jamoamiz 29 bahsda maydonga tushgan. ("Al Hilol" bilan 2020 yilgi natijasi bekor qilingan bahslar kiritilgan). Ularda 6 g'alaba, 6 durang va 17 mag'lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 bor ishg'ol qilinib, 56 marta to'p o'tkazib yuborilgan. Jami 7 raqibga qarshi to'qnashuvlar kuzatilgan. "Paxtakor" o'zbek klublari orasida Saudiya Arabistonida zafar quchgan yagona jamoa sanaladi.
Saudiya Arabistoni klublariga qarshi qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
"Al Ahli" - 2:1, 0:3, 1:0, 1:2
"Al Ittifoq" - 2:1, 1:0, 0:2
"Al Ittihod" - 0:3, 0:1, 1:1, 0:4, 0:4, 1:2
"Al Nascr" - 2:2, 0:4
"Al Hilol" - 0:2, 0:2, 1:1, 0:2, 2:2, 1:4, 1:2, 0:0
"Al Shabab" - 1:3, 1:2, 2:2, 0:2
"Al Taavun" - 1:0, 5:4
Izohlar