"Paxtakor" sobiq ustozi Livan terma jamoasini boshqaradi

Sherzod Nurmatov
16 dec 2023
Chernogoriya terma jamoasini tark etgan Miodrag Radulovich ikkinchi marta Livanni boshqaradigan bo'ldi.

Miodrag Radulovich 2015-2019 yillarda ham Livan terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va 37 ta o'yinda 13 ta g'alaba, 13 ta durang va 11 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Livan terma jamoasi 12 yanvarda start oladigan Osiyo Kubogi musobaqasi "A" guruhidan joy olgan. Livanliklar guruhda Qatar, Xitoy va Tojikiston bilan o'ynashadi. 

Malumot o'rnida, Radulovich 2010 yilda "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'lgan. 


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: the-lfa.com

Izohlar

Jasur/barsa
16 dec 2023
San bir Pahtakorni boshqarmagin ekan. ;))))) Yaxshiyam 2010 yilda 3 oygina Pahtakorda ishlab ketganakan. Mana 13 yildan oshibdiki shu odam, qatga borsa, nma disa xabardor boʻlishga majburmiz.
ABDUSALOM ZHURAEV
16 dec 2023
2019 йилги Осиё чемпионатида ҳам Линванга бош мураббий эди.