Masharipov o'ynayotgan "Istiqlol"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Alisher
26 fev 2025
Eronning "Istiqlol" klubi chernogoriyalik mutaxassis Miodrag Bojovichni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Bojovich murabbiylik faoliyati davomida asosan Bolqon mamlakatlari, shuningdek Rossiyaning bir nechta klublarida ishlagan. Mutaxassis 2024 yilda Bokuning "Neftchi" klubiga ustozlik qilgan. 56 yoshli Bojovichning so'nggi ish joyi "Istiqlol Huziston" bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Tehron klubida O'zbekiston MTJ o'yinchisi Jaloliddin Masharipov harakat qiladi.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia