"Paxtakor"ning navbatdagi transferi evropalik futbolchi bo'lishi mumkin

Tolibjon Qosimov
15 jan 2025
"Paxtakor" klubi bugun tunda braziliyalik darvozabon Jonatan Luis bilan shartnoma imzolanganini elon qilgan edi.

"Paxtakor" Portugaliya yuqori ligasida o'ynagan braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi

"Championat.asia" xodimi Sherzod Nurmatovning xabar berishicha, "sherlar" safiga bosniyalik himoyachi kelishi kutilmoqda. 

Gap Portugaliyaning "Kaza Piya" jamoasi markaziy himoyachisi Nermin Zolotich haqida bormoqda. 31 yoshli futbolchining transferini uning sobiq ustozi, hozirda "Paxtakor"ni boshqarayotgan Pedro Moreyraning shaxsan o'zi xohlamoqda.

Zolotich faoliyati mobaynida "Jeleznichar" bilan Bosniya va Gercegovina chempionatida 2 marta, "Gent" bilan Belgiya chempionatida 1 marta zafar quchgan. Tajribali futbolchi anchadan buyon "Kaza Piya" qaydnomasidan joy olmayapti, u oxirgi marta 2 dekabr kuni bo'lib o'tgan "Portu" bilan bahsda zaxira o'rindig'ida o'tirgan.


"Transfermarkt" portali Nermin Zolotichni 600 ming evroga baholagan.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Пахтакорим
15 jan
вақт кўрсатади
football4fans
15 jan
Otkatmasmikan? )
Ўзбек футболининг муҳлиси
15 jan
Бу ҳам фақат пул учун келмасинда яна. Битта Пахтакормас, бошқа жамоалар ҳам академиясига яхшилаб эътибор берса, янги Шомуродов, Хусановлар албатта чиқади. Ёш футболчилар юқори маош, соврин ва чет элда ўйнаш учун 2 3 йил астойдил ўйнайди, қарабсизки яхши футболчи бўлиб кетса ўзи ва жамоаси учун ҳам фойда келтиради.
Лацио Пахтакор
15 jan
Фламарион ва Перез деган Бразилялик ҳужумчилар ҳам келяпди. Омад Пахтакоримизга.
Elyor Hasanov
15 jan
Нимага бизга исм фамилялари ажойиб легионерлар келаркин.