Pedro Moreyraning rejasiga ko'ra jamoa 9 taga yaqin o'yin o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi kerak.
Aniq bo'lgan raqiblar bilan tanishtirib o'tamiz:
8 yanvar. "Unirya Valaxorum" (Ruminiya)
12 yanvar. "Dinamo" (Xorvatiya)
15 yanvar. "Karvina" (Chexiya)
18 yanvar. "Elimay" (Qozog'iston)
26 yanvar. "Aktobe" (Qozog'iston)
28 yanvar. "Sileks" (Shimoliy Makedoniya)
Selekciya ishlariga keladigan bo'lsak, bugungacha 2 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolandi. Murabbiy mahalliy kadrlardan kelib chiqib amplualar bo'yicha xorijlik hamkorlari bilan ishlashda davom etadi. "Sherlar" safiga yana sifatli legionerlar kelishi rejada.
Izohlar