Pelle Shandun Lunenda 2,5 yilda 40 mln evro maosh oladi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016
Sautgempton va Italiya terma jamoasi hujumchisi Graciano Pelle Shandun Lunenga o'tishga yaqin.

Tomonlar 2,5 yillik shartnoma borasida kelishib olishdi. 30 yoshli hujumchi bu davr mobaynida 40 million evro maosh oladi.

Oldinroq Sautgempton italiyalik futbolchi uchun 13 million funt olmoqchi ekani haqida xabarlar chiqqandi.

Yaqin vaqt ichida Pelle Xitoy klubiga rasman ko'chib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Football-italia.net