Pellegrini: Negredo YCHL ro'yxatiga sig'magani uchun ketdi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2014
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini nima uchun klub Alvaro Negredoni Valensiyaga ijaraga berganini tushuntirib berdi.
Negredoning transferi ikki sabab tufayli amalga oshdi. Birinchidan UEFAdagilar moliyaviy feyr pleyni buzgan deb topib, YCHLda bizga futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni cheklab qo'yishdi. Bizda bitta futbolchi ko'p edi, Alvaro o'sha paytda jarohat olgandi.

Bundan tashqari uning o'zi ham Ispaniyaga qaytishni istagandi.

Ammo eng asosiy sabab bu UEFA tomonidan qo'yilgan cheklov, nima uchun klub rivojlanish uchun pul ishlatsa jazolanishi kerak, – deydi Pellegrini.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru