Penya kech qolgani uchun "Barselona" darvozasini Shchensni qo'riqlagan ekan

Aslanov Jasurbek
11 jan 2025
Xans Diter Flik futbolchilarning kech qolishi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, "Atletik"ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim final o'yinidan (2:0) oldin o'tkazilga tonggi mashg'ulotga Inyaki Penya kechikib kelgan edi. Shu sababli asosiy tarkibga Voychex Shchensni kiritildi.

"Real"ga qarshi turnir finali 12 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

- Ertaga darvozani kim qo'riqlaydi?

- Hech qachon navbatdagi o'yin uchun boshlang'ich tarkibni aytmayman. Shchensni yaxshi o'yin o'tkazdi, Inyaki esa mavsumning birinchi qismini ajoyib o'tkazdi.

Ispaniyada mentalitet boshqacha bo'lishi mumkindir, ammo tushuntirib qo'yishim kerak. Ular professionallar. Futbolchilar o'z vaqtida mashg'ulotlarga etib kelishi shart. Bu uchinchi marta sodir bo'lyapti, boshqa yo'lim yo'q edi" - dedi "Barselona" ustozi.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Qopqoq: As

Izohlar

Mr Azimov
11 jan
O‘sha kuni tarkiblar elon qilinishi bilan 2 ta joyda o‘qigandim bu habarni.
Саид бурхон
11 jan
Олаа шу учун пеня тушмаган эканде хмм...... Хичким билмай колибди сабабини.... СА аниклабди 2 кун утиб.... Уша куни узидаë бутун дунë хабар топганидан булар бе хабар шекили.... СА жуда оркадасила бору