"Persepolis" - Eron chempioni! Jamoa so'nggi o'yinning 85-daqiqasida gol urib musobaqa g'olibiga aylandi

Alisher
1 jun 2024
Eron Pro ligasining navbatdagi mavsumi yakuniga etdi.

ERON PRO LIGASI TURNIR JADVALI


"Persepolis" 30 turdan so'ng 68 ochko bilan mamlakat g'olibiga aylandi, "Istiqlol" esa 67 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etdi.


Mezbonlar xavbeki Oston O'runov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va bahsda to'liq harakat qildi.

"Persepolis" - "Mes Rafsanjan" 1:0

Gol: Giorgi Gvelesiani (85).


Mehmonlar safida xavbek Jaloliddin Masharipov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 64-daqiqada zaxiraga olindi.

"Paykan" - "Istiqlol" 0:2

Gollar: Mexrdad Mohammadi (20, 23)

Chetlatish: Muhammadrizo Dinarvand (54)


AlisherMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

bekaka
1 jun 2024
Остонни чемпионлик билан табриклайман!
Мирзохон
1 jun 2024
#Таҳририятга таклиф! Қайси легионер футболчимиз қайси давлат чемпиони бўлган шу вақтгача, шу ҳақида маълумот берсангиз ҳаммага қизиқ.
И.М.
2 jun 2024
Остон узи чемпион булиш вакти келган эди
MX
1 jun 2024
Ostonni hissasi katta chempionligida otkan turda ohirgi soniyalarda galaba golini urmaganda masharipov bolardi
Doston Zomin
2 jun 2024
Ostonga Omad Eron Chempionati og'ir edi dosh berib eng yaxshilaridan Bo'ldi