PFA APLning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi nomini e'lon qildi
Alisher
21 avg 2024
"Manchester Siti" o'yinchisi Fil Foden Buyuk Britaniya professional futbolchilar associaciyasi talqiniga ko'ra Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq deb topildi.
24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Angliya chempionatida 35ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assist qayd etdi.
O'yinchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.