Omon G'ofurov OFKning klublarni licenziyadan o'tkazish bo'yicha seminarida ishtirok etmoqda

Narzulla Saydullayev
28 feb 2019
Bugundan Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan Osiyo Futbol Konfederaciyasi bosh qarorgohida OFKning klublarni licenziyadan o'tkazish bo'yicha seminari ish boshladi.

28 fevral – 1 mart kunlari bo'lib o'tadigan mazkur seminarda qitamiz futbol uyushmasiga azo 43 ta mamlakat futbol federaciyalari hamda futbol ligalari vakillari, shuningdek, klublarning licenziyalash bo'yicha menejerlari bilan bir qatorda FIFA, UEFA va CAFning mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Seminar kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala – futbol klublari ish faoliyati va infratuzilmasini yaxshilashda licenziyadash jarayoni ahamiyati yuqori ekani va ortda qolgan 2018 yilgi mavsumda klublarni licenziyadan o'tkazish jarayonida ko'zga tashlangan yutuq va kamchiliklarni muhokama etib, yangi mavsumda Evropa va jahon tajribasidan unumli foydalanish sanaladi.  

Seminarda ishtirok etgan OFK bosh kotibi – janob Vindzor Jon so'nggi yillarda qitamizning barcha mamlakatlarida ham klublarni licenziyash jarayoni muhimligiga etibor qaratilayotganidan mamnun ekanini bildirib, licenziyalash talablari yuqori bo'lishi klublarning yaxshi infratuzilmaga ega bo'lishini taminlashini alohida qayd etdi.  

Takidlash joiz, mazkur seminarda OFKning klublarni licenziyadan o'tkazish ishlarini muvofiqlashtirish qo'mitasi azosi sanaluvchi O'zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov ham ishtirok etmoqda.

Seminarning birinchi kunida asosan FIFA vakillari licenziyalash jarayonining nozik jihatlari haqida batafsil malumot berishdi. Ertaga esa ushbu jarayon qitamiz ligalarida qanday amalga oshirilayotgani, undagi yutuq va kamchiliklar muhokama etilishi ko'zda tutilgan.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: pfl.uz

Izohlar

Alish2132
28 feb 2019
Баба аут !!!
bahodir1801
28 feb 2019
surxonni litsenziyasini to`g`irlasa kerakda. tajriba orttirgandan keyin. dinamoniyam
Баходир Джурабаев
28 feb 2019
Мактабга кайтиб яна Бир Икки йил укиса шу инсон, хаммаси яхши булиб кетар эди,
Lobos blancos
28 feb 2019
Nimaga borganini o'ziham bilmasa kerak bu odam, chunki ingliz tilini bilmiydiku bu
АСМИЛАНКОМ
28 feb 2019
Shu o'tirgan insonlarni orasida futbolni tushunmaydigan yagona inson bu Omon G'ofurov bo'lsa kerak...