PFL yangi mavsumda Superliganing oy futbolchisini qanday aniqlashini malum qildi

Khoja
3 apr 2025
Liga har oy yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy, futbolchi va golni aniqlab keladi.

So'nggi mavsum davomida oyning eng yaxshilarini aniqlashda Liga o'z musobaqalarini muntazam kuzatib boradigan neytral shaxslar ro'yxatini tuzib chiqdi hamda ovoz berishda ularning yordamidan foydalanib keldi.

Bunda musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta Superliganing biror klubida faoliyat olib bormayotgan kishilarga etibor qaratish lozim topildi.

2025 yilgi mavsumda ham oy laureatlarini aniqlashda ushbu tizimdan foydalaniladi. Mavsum oxirida oy laureatlari sarhisob qilingach, yakuniy ovoz berish jarayonida ham ushbu ekspertlar ishtirok etadi. Bunda ular oylar davomida ochkolar bo'yicha eng yaxshi natija qayd etgan besh nafardan futbolchi va murabbiy orasidan mavsumning eng zo'rlarini qayta ovoz berish bilan aniqlaydi.

Ro'yxat quyidagicha:

Narzulla Saydullaev - Championat.asia

Orif Tolipov - Sport TV

Zuhriddin Qilichev - Sport TV

Xayrulla Hamidov - Sport TV

Abdulla Nurmonov - Sport TV

Otabek Jo'raev - Sport TV

Abror Jo'raqulov - Sport TV

Muhammadyor Soliev - Sport TV

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev - Sports.uz

Ravshan Haydarov - O'zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi

Kamoliddin Murzoev - O'zbekiston Futbolchilar uyushmasi rahbari

Server Jeparov - Mustaqil kuzatuvchi

Ulug'bek Mirzaev - Mustaqil kuzatuvchi

Faxriddin Ro'ziev - Mustaqil kuzatuvchi

Zohid Akramov - Mustaqil kuzatuvchi

Jaloliddin Qobiljonov - Mustaqil kuzatuvchi.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: Uzpfl

Izohlar

Абдулазиз Кодиров
3 apr
Узбекчилигу буёги кани буйерда асос Гол+пас итд болиши керак ана ушанда бу узидан чала эксперт Ясавоганлар керак эмас
Абдулазиз Кодиров
3 apr
Мен шахсан булар нетрал эканлигига шубхам бор
Анвар
3 apr
Суний интеллектдан фойдаланиш керак, бизнинг шашварилар таниш билишни хеч куймадида.
dessi anvar
3 apr
бу овоз берувчилар аксариати пойтахт одамлари нимани кутамиз булардан , биратула йил бошида пойтахтга берворорларинг янги спектакл қўйиш шартмас , бундан кўра AY YOLA HOMAYга овоз берамиз
БЕК@
3 apr
Буларнинг ҳаммаси қайсидир клуб мухлисику. Ой футболчисини аниқлашда турларда энг яхши бўлганлар ва бошқа технологик кўрсаткичларга асосланиш керак.