PFL "Dinamo" futbol klubiga Abramov borasida muhlat berdi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2022
Coca-Cola Superliga ishtirokchisi bo'lgan “Dinamo” futbol klubiga 20-turga qadar bosh murabbiy Vadim Abramovning yangilangan licenziyasini taqdim etish uchun vaqt berildi.

Vadim Abramov hamda “Dinamo” futbol klubi o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi jamoa holatidan kelib chiqib, vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilgandi. O'tgan vaqt davomida O'FA Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi O'zPFL so'roviga asoslantirilgan javob qaytarmadi. Shuningdek, klubning ham mutaxassis licenziyasini taqdim etish masalasini ortga surdi. Ma'lumki, “Dinamo” futbol klubi mazkur talabni bajarmasa OFK licenziyasini ham qo'lga kirita olmaydi.

FIFA kunlari yakuniga qadar “Dinamo” futbol klubi mazkur holatni tartibga solmasa, Vadim Abramov 20-turdan boshlab uchrashuvlar davomida texnik zonaga kiritilmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz