PFL legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishda klublarga engillik yaratmoqchi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2021
Futbol klubi o'z legioner futbolchisini ro'yxatdan o'tkazganlik uchun ma'lum miqdorda pul to'lab beradi.

2021 yilgi mavsum uchun O'zPFL legioner futbolchilar to'lovi bo'yicha ikkita taklif tayyorlamoqda:

- ketma-ket (uzluksiz) to'rtinchi mavsum O'zbekistonda to'p surgan legioner futbolchini beshinchi mavsumdan boshlab to'lovlardan ozod etish;

- bir legioner futbolchi uchun yilda bir marta to'lov shakli. Yani, mavsum o'rtasida mazkur legioner boshqa klub libosini kiysa, uning uchun alohida to'lov qilinmaydi.

Legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish limiti 4+1 ko'rinishida saqlab qolinadi", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia