
PFL "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvida urilgan ikkinchi golni avtogol deb topdi. To'purar Cheranning gollari bittaga kamaydi
Narzulla Saydullayev
23 dek 2020
Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan “Surxon” – “Paxtakor” uchrashuvida (0:6) toshkentliklar tomonidan kiritilgan va Dragan Cheran hisobiga yozilgan ikkinchi gol O'FA hakamlar va inspektorlar bo'limi tomonidan o'rganib chiqildi va avtogol deb topildi.