Piter Odemvingie 2019 yil "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin edi

Alisher
17 iyul 2024
Futbol agenti Raul Abdurahmonov "Fint Turaeva" podkastida Piter Odemvingie 2019 yilda "Bunyodkor"ga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi.

- Biz muzokaralar olib bordik. Piter bu erga qishda keldi va o'tishga tayyor edi. Ammo, o'shanda "Bunyodkor" rahbariyati va bosh murabbiyini tushunmadim. Haligacha nega ularning fikrlaridan qaytganlarini tushunmayman. Biz hammasini kelishgandik, ammo men bir xatoga yo'l qo'ydim – hech qanday hujjatga qo'l qo'ymadim. Rasmiy so'rov, taklif berish mumkin edi. "Bunyodkor" rahbariyatining so'zlariga ishondim va ular barchasini orqaga tortishdi.

Odemvingie xafa bo'lmadi. U ushbu transferni amalga oshira olmaganimiz uchun bizga xavotirlandi. Bu biz uchun birinchi bitim bo'lardi. U Toshkentga kelganidan mamnun edi.

"Bunyodkor" o'shanda buning qanchalar foydali bo'lishini tushunmadi. Piter yaxshi formada edi va yozgacha shu yerda o'ynamoqchi edi. U faoliyatini o'z vatanida juda chiroyli yakunlamoqchi edi. Odemvingie o'shanda Britaniya telekanallaridan birida ekspert bo'lib ishlardi va ularga shartnomani imzolash paytida O'zbekistonga chaqirishini aytgandi. Yarim yildan so'ng faoliyatini yakunlashni va xayrlashuv uchrashuviga APLdagi do'stlari – Runi, Fellaini va ko'plab boshqa o'yinchilarni taklif qilmoqchi edi.

Bu yana bir klublarimizda marketing bo'yicha mutaxassislarning yo'qligini tasdiqlaydi. "Bunyodkor" o'shanda bu qanchalik chiroyli voqea bo'lishini tushunmagandi.


Raul Abdurahmonov bilan "Fint Turaeva" podkastining (rus tilida) to'liq versiyasi:



AlisherMuallif
Manba: championat.asia