Piter Xyuistra: "Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi"

Xayrulla Xoliqov
10 mar 2021
Bugun bo'lib o'tgan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng matbuot anjumani tashkil etildi.





Bunda "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra savollarga javob qaytardi. 

- Judayam qiziqarli bahs guvohi bo'ldik, biz oldingi o'yinchalik bugun yaxshi o'ynay olmadik. "Nasaf"ning bizga qarshi zo'r tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi va raqib o'yinni juda yaxshi boshladi. Uchrashuv avvalida bir nechta xatolarga yo'l qo'ydik va buning oqibatida "Nasaf"da bo'sh zonalar vujudga keldi. 

"Nasaf" hisobni 2:0 ko'rinishga keltirganida biz yanada qiyin vaziyatga tushib qoldik. Ammo jamoamiz xarakter ko'rsatib yakunda 3:2 hisobida g'alaba qozona oldik. Futbolchilarimiz jang qila olishlarini namoyon etishdi. Stadion to'la payt o'ynash oson emas, chunki bosim yuqori bo'ladi. Lekin ikkinchi tomondan futbolda baribir muxlislarni ko'rish yoqimli. 

O'ylaymanki, bizda futbolchi almashtirishlar to'g'ri bo'ldi va buning oqibatida o'yinimiz kuchaydi. Yosh futbolchi Ibrohimxalil Yo'ldoshev g'alaba to'pini kiritdi, bu esa menga juda yoqdi. Chempionatni safarda g'alaba bilan boshlash yoqimli. Endi bu o'yinni unutib dushanba kuni bo'ladigan "Mashal"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz, - deya o'z fikrlarini bildirdi Piter Xyuistra. 


- "Nasaf"ning o'yinini qanday baholaysiz? Raqibning kamchiligi nimada bo'ldi? 

- Nima deyishim mumkin, "Nasaf" - yaxshi jamoa. Ular hujumkor futbol namoyish etib, bizni shoshirib qo'yishdi. Bugungi bahsda oramizdagi farq vaziyatlardan foydalanishda bo'ldi.


- "Paxtakor"ni etakchi futbolchilar tark etdi. Bu yo'qotishlar jamoa o'yiniga salbiy tasir qilmaydimi? 

- To'g'ri, jamoamizni bir nechta o'yinchilar tark etdi va bu futbolda bo'lib turadigan holatlardan biri. Biz esa bor tarkib bilan ishlashda davom etishimiz kerak. Meni xursand qilayotgan tomoni - markaziy himoyamizda Egor Krimec va Anzur Ismoilovga o'xshagan tajribali futbolchilarning borligi. Shuningdek, yoshlardan Erkinov, Yo'ldoshev kabilarni ayta olaman. Qo'limizdagi bor futbolchilardan foydalanib kuchli tarkib tuzishga harakat qilamiz. 


- Ikki uchrashuvdirki o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmayapti. Qachonki Ibrohimxalil zaxiradan tushib, Sayfiev o'ng qanotga o'tkazilgach, "Paxtakor" o'yini qovusha boshladi. Keyingi bahslarda Hojiakbarni zaxirada qoldirib, asosiy tarkibda Sayfiev bilan Yo'ldoshevni tushirish rejangiz bormi? 

- Keyingi uchrashuvda nima bo'lishini bilmayman, chunki dushanbagacha oldimizda vaqt bor va hali mashg'ulotlar o'tkazamiz. Yo'ldoshev yaxshi futbolchi, u g'alaba to'pini kiritganida xursand bo'ldim. Lekin bizda boshqa yaxshi futbolchilar ham bor va kim mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatsa o'shalar boshlang'ich tarkibdan joy egallaydi. 


- Transfer oynasi yopilguncha "Paxtakor" o'z tarkibiga legioner qo'shib oladimi?

- Albatta, biz bir nechta futbolchini kuzatib boryapmiz. Agar har tomonlama bizga maqul keladigan futbolchi bilan kelishuvga erishsak, yaxshi bo'lardi. Agar bunday bo'lmasa, unda yoshlar bilan ishni davom ettiramiz.


Xayrulla Xoliqov Maqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Sportfoot
10 mar 2021
100 yil pahtasi uzbekiston uchun tosh konida suniy chempion bulsin uzbek halqi futboli 200 yil orqaga ketadi Har bir hududning uz sevimli halq jamoasi bor Olga talantlarga boy klub
Bu shunchaki o'yin
10 mar 2021
Kimlarnidir otasini Paxtakorini CHL uyinlarida kuramiz. Xuystrani kuchiniyam ushanda bilamiz. Bizda futbol ulib bulganini kupchilik muxlislar bilsa kerak. Gollandiyadan bekorga kelmaganini isbotlasinchi.
Б.Х.
10 mar 2021
Пахтакорнинг тренери биринчи у́ринда хотиржамликни биринчи у́ринга ку́йгани билиниб турибди иккита гол у́тказиб юборганига карамасдан хотиржамликни саклаб колиб у́йини галабагача олиб боргани Пахтакор мухлисларини жуда хурсанд килди,Европача футболни Пахтакор у́йинчиларига секин аста сингдириб бормокда Питер Хюстрадан хали ку́п сюрпризлар кутамиз.
Азамат Одилов
10 mar 2021
Бугунги уйинда Хиюсра тактик узгаришларни эвазига галабани илиб кетди.Бугунги галаба 100% унинг ютуги булди.0-2дан кийн Эркинов ва Йулдошевлар бутун уйинни узгартириб юборишди.Агар 70дакикадан кийин Рузикул шогирдларига шунчаки майдон марказида тупни назорат килиш билан уйинни совитганида уйин умуман бошкача тус олган булармиди?Агар Пахтакор биринчи булиб туп киритганда шунчаки кучлий жамоани ютугидек кабул килар эдим.Лекин бугунги уйин мураббийнинг ютуги булди.Питер бугун узини нималарга кодир эканлигини курсатди.Агар ишни шундай давом этса,ОЧЛда ниманидир кутишга хакли буламиз.Насаф футболчиларга хам,шундай жозибали уйин учун рахмат айтаман.Галаба муборак Пахтакор мухлислари!
Sportfoot
10 mar 2021
100 yil pahtasi uzbekiston uchun tosh konida suniy chempion bulsin uzbek halqi futboli 200 yil orqaga ketadi Har bir hududning uz sevimli halq jamoasi bor Olga talantlarga boy klub